Uyingizda faqat 6 xil mehmon yashaydi. Ularni yodlab olsang, JSON'ning yarmi tugadi.
| Mehmon | Tashbeh | Misol |
|---|---|---|
| 🧥 String | Doim kiyim (qo'shtirnoq) kiyib yuradi | "ism": "Aziz" |
| 🩲 Number | Yalang'och yuradi, kiyim kiymaydi | "yosh": 25 |
| 💡 Boolean | Chiroq: yonadi yoki o'chadi | "talaba": false |
| 👻 null | Bo'sh xona, hech kim yo'q | "telefon": null |
| 🏠 Object | Uy ichidagi kichkina uy | "manzil": { "shahar": "Toshkent" } |
| 🚃 Array | Poyezd vagonlari, tartib bilan | "ranglar": ["ko'k", "yashil"] |
Eng ko'p qilinadigan xato
Raqamni qo'shtirnoqqa olish. "yosh": "25" — bu endi matn, u bilan matematik amal bajarib bo'lmaydi.
{ "ism": "Aziz", "yosh": 25, "turmush_qurgan": true, "telefon": null, "manzil": { "shahar": "Toshkent" }, "tillar": ["uz", "en", "ru"] }
JSON'da YO'Q narsalar
undefined, NaN, Infinity, Date obyekti, funksiya, Map/Set, BigInt, izohlar. Sana odatda ISO-8601 matn sifatida yoziladi: "2026-08-04T16:10:00Z".
🛠 Mashq: Oltala turni bitta obyektda ishlatib ko'r.
mashq.json
Uy mustahkam — JSON to'g'ri ✅